"Manchester Siti" Stounz bilan yozda shartnomani uzaytirmoqchi

Alisher
10 fev 2021, 13:36
"Manchester Siti" himoyachi Jon Stounz bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

"Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola 26 yoshli o'yinchini klubdan ketmasligiga ishontirmoqchi va u bilan shartnoma uzaytirilishini xohlamoqda.

Bitimni uzaytirish borasidagi muzokaralar yozda boshlanadi. Stounzning amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar mo'ljallangan.

Futbolchi joriy mavsum Angliya Premer-ligasi doirasidagi 13ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: The Times