"Manchester Siti" rahbari - "Real"dan uchralgan mag'lubiyat haqida: "Peres meni 82-daqiqada tabrikladi. Futbolda bazida shunday ham bo'lib turadi"

Alisher
31 may 2022, 15:40
"Manchester Siti" direktorlar kengashi raisi Xaldon al Muborak "Real"ga qarshi Chempionlar Ligasi yarim final javob o'yinini Madrid klubi prezidenti Florentino Peres bilan ko'rganini esladi.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" 1/2 finalning ilk o'yinida, uyida (4:3) g'alaba qozondi, javob o'yinida esa mehmonlar 90-daqiqada 1:0 hisobida oldinda borayotgan edi, ammo so'nggi daqiqalarda ikkita gol o'tkazib yubordi va qo'shimcha daqiqalarda mag'lub bo'ldi - 1:3.

"Menga Florentinoning oldida bo'lish juda ham qiyin bo'ldi. Peres meni 82-daqiqada tabrikladi. Futbolda bazida shunday ham bo'lib turadi", - deydi al Muborak.


AlisherMuallif
Manba: theguardian.com