"Manchester Siti" himoyachisiga Germaniyadan da'vogar bor

21 may 2026, 21:38
"Bavariya"dagilar "Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz bilan shartnoma imzolash variantlarini ko'rib chiqmoqda, deb yozadi "Daily Mail".

Ushbu mavsum yakunlanganidan keyin jamoani erkin agent sifatida tark etadigan Stounzga "Bavariya" tomonidan qiziqishlar bor va tomonlarning shartnoma imzolash ehtimoli yuqori baholanmoqda.

Angliyalik futbolchi 2016 yil yozidan buyon "shaharliklar" tarkibida o'ynab kelmoqda. Ushbu mavsumda u barcha turnirlarda 17 o'yinda qatnashdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Daily Mail