"Manchester Siti" futbolchilarining agentlari mijozlari uchun yangi klub izlamoqda

Sherzod Nurmatov
20 sen 2024, 11:59
"Manchester Siti" futbolchilarining agentlari mijozlari uchun yangi klublar qidirishni boshladi, deb xabar berdi "Daily Mail" muxbiri Sami Mokbel.

Xabarlargan ko'ra, bu "Siti" moliyaviy feyr-pley qoidalarini bir necha bor buzganlikda ayblanib, Premer-ligadan chetlashtirilishi mumkinligi bilan bog'liq. Futbolchilar vakillari klubning holatidan boxabar bo'lib turishibdi.

Eslatib o'tamiz, APLning to'rt turidan so'ng "Manchester Siti" hali ochko yo'qotmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. "Shaharliklar" 12 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail