

21 yoshli futbolchi joriy mavsumdagi yorqin o'yini bilan Yevropa futboli elitasining e'tiborini jalb etmoqda.
"TEAMtalk" ma'lumotlariga ko'ra, "Manchester Siti" ham kurashga qo'shilib, Kayodeni ehtimoliy xaridlar ro'yxatiga kiritgan. Garchi Tino Livramento "shaharliklar" uchun asosiy maqsad bo'lib qolsa-da, Kayode tezda eng yaxshi muqobil variantlardan biriga aylandi.
"Brentford" o'z futbolchisining qiymatini yaxshi biladi. Klub Kayodeni "Fiorentina"dan taxminan 15 mln funtga sotib olgan, biroq hozir uni tezkor rivojlanishi va yetakchi klublar qiziqishi ortib borayotganini hisobga olib, 50 mln funtdan ortiq summaga baholamoqda.
"Asalarilar" rahbariyati futbolchini sotishga shoshilmayotganini va faqat juda jiddiy takliflarni ko'rib chiqishini takidlamoqda.



