

Qayd etilishicha, 32 yoshli germaniyalik yozda, "shaharliklar" bilan shartnomasi yakunlanganidan so'ng kataloniyaliklar safiga o'tadi. Gyundogan va "Barselona" allaqachon dastlabki kelishuvga erishgan. Futbolchining fikricha, uning "Manchester Siti"dagi faoliyati yakuniga etdi.
Gyundogan Angliya klubida 2016 yildan beri o'ynamoqda. "Siti" bilan u to'rtta chempionlik, to'rtta Liga Kubogi, Angliya Kubogi va Angliya Superkubogini qo'lga kiritgan. 2021 yilda "ko'klar" Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan va u yerda "Chelsi"ga yutqazgan.



