“Man Siti” – PSJ. Javob o'yini oldidan “Angliya futboli” storisidagi so'rovnoma natijalari

Eldor Akmurzayev
4 may 2021
Chempionlar Ligasi 1/2 finalidan o'rin olgan “Man Siti” va PSJ o'rtasidagi javob uchrashuvi “Etihad”da bo'lib o'tadi hamda Toshkent vaqti bilan 5 mayga o'tar kechasi 00:00 da start oladi.

Mazkur uchrashuv oldidan Instagram'dagi maxsus “Angliya futboli” sahifamizning storisida so'rovnoma o'tkazildi. Natijalar esa deyarli tenglikni ko'rsatmoqda – 49 ga 51 foiz parijliklar foydasiga.

Eslatib o'tamiz, Parijdagi bahsda Pep Gvardiola shogirdlari 2:1 hisobida zafar quchgan. PSJ safida Markinos hisobni ochgan bo'lsa, “Man Siti”dan Kevin de Bryuyne va Riyod Mahrez gol urib, jamoasiga safardagi g'alabani taqdim etgandi.

Instagram'dagi @angliyafutboli sahifasiga obuna bo'ling! 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia