Diogu Jotaning bevasi va ota-onasi "Vulverxempton" o'yinida bo'ldi. Muxlislar marhum futbolchini yod oldi

Sherzod Nurmatov
18 avg 2025, 11:54
"Vulverxempton" klubi "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan Diogo Jotani xotirladi.

"Molinyu" stadionida katta banner ko'tarildi. Jotaning bevasi Rute Kardozu, onasi Izabel Silva va otasi Joakim Silva buni tribunadan turib kuzatdi. Keyin jamoalar 1 daqiqa sukut saqladi. Jotaning suratini dasturnomaga ham joylashdi va 18-daqiqada muxlislar uning raqamiga atab olqishlarni tindirmadi.

Jota 2017 yildan 2020 yilgacha "bo'rilar" tarkibida o'ynab, 131 o'yinda 44 ta gol urgan va Premer-liga, Yevropa Ligasiga chiqishga ko'maklashgan. 2020 yilda 41 million funt evaziga "Liverpul"ga o'tgan va Angliya chempionligini qo'lga kiritgan. U "Vulverxempton" Shon-shuhrat zaliga kiritildi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Goal.com