Magat Yaponiyaning Sagan Tosu klubini qabul qilib oldi

Narzulla Saydullayev
12 dek 2015, 09:30
Germaniyalik Feliks Magat Yaponiya klubida ish boshlaydi.

62 yoshli murabbiy Sagan Tosuni boshqaradigan bo'ldi. Tomonlar bir yillik shartnoma tuzishdi, Magat bu yil davomida 2,5 million evro ishlab topadi.

Magatning so'nggi ish joyi Angliyaning Fulxem klubi bo'lgandi. Murabbiy 15 oy oldin ishdan bo'shatilgandi.

Yaponiyada yangi mavsum mart oyida start oladi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bild.de