

Aslida shimoliy makedoniyalik hujumchi boshlang'ich tarkibdan o'rin olgandi, biroq chigil yozdi mashg'ulot paytida biroz jarohatlandi va murabbiylar shtabi uning o'rniga Aleksandar Bolevichni o'yinga tashlashga qaror qildi.
Agar Doriev jarohat olgan va olmagan taqdirda ham rasmiy qaydnomada asosiydan zaxiraga o'tkazilgani uchun bugungi bahsda umuman ishtirok etolmasdi.
Ma'lumot uchun, Superliga reglamentiga ko'ra, komissar hamda bosh murabbiy tomonidan imzolangan uchrashuv qaydnomasiga biror futbolchining kutilmagan jarohati sabab uchrashuv startigacha o'zgartirish kiritish zaruriyati vujudga kelsa, uchrashuv startiga 20 daqiqa qolguniga qadar uchrashuv qaydnomasiga o'zgartirish kiritiladi. Uchrashuv startiga 20 daqiqadan kam vaqt qolgan taqdirda faqatgina Komissar fors-major deb topgan holatlardagina uchrashuv qaydnomasiga o'zgartirish kiritilishiga ruxsat etiladi. Bunda, jarohatlangan futbolchiga uchrashuvni zaxira o'rindig'ida kuzatish hamda faqatgina keyingi uchrashuvdan boshlab maydonga tushish uchun ruxsat etiladi.



