Lyuk de Yong tizzasidagi jarohat sabab Evro-2020ning so'ngigacha safdan chiqdi

Alisher
23 iyun 2021
Niderlandiya terma jamoasi hujumchisi Lyuk de Yong jarohat sabab Evro-2020da ortiq o'ynamaydi.

"Sevilya"ning 30 yoshli forvardi mashg'ulotda tizzasidan jarohat oldi va endi u mamlakat terma jamoasi yig'inini tark etadi.

De Yong Yevropa chempionatida ikki bor zaxiradan maydonga tushdi va maydonda 12 daqiqa harakat qildi.

Niderlandiya termasi yakshanba kuni Budapeshtda 1/8 final o'yinini o'tkazadi.


AlisherMuallif
Manba: onsoranje.nl