Lyakazett "Arsenal" bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin

Alisher
7 mar 2022
"Arsenal" hujumchisi Aleksandr Lyakazett tez orada London jamoasi bilan shartnomasini uzaytirishi mumkin.

"Kanonirlar"ning ispaniyalik murabbiyi Mikel Arteta jurnalistlarga mavsum so'nggida muzokaralar stoliga o'tirish mumkinligini aytdi.

Eslatib o'tamiz, Lyakazettning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.

Francuz joriy mavsum APL doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: football.london