Lutfulla To'raev: "Qo'qon-1912" darvozasiga urgan golimni o'ylangan, deb aytmagan bo'lardim"

Aslanov Jasurbek
13 sen 2021
Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi Superliganing 17-turida o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi.

Ushbu uchrashuvdan so'ng jamoaning gollaridan biriga mualliflik qilgan, raqib darvozasiga supergol urgan Lutfulla To'raevning fikrlari bilan qiziqdik. 

"Qo'qon-1912" bilan o'yin qiziqarli bo'ldi. G'alaba qozonganimizdan xursandmiz. Raqibimiz standart vaziyatlardan yaxshi foydalanishini bilardik. Ularning kuchli tomoni ham shunda edi. Biz ham standart vaziyatlardan samara chiqarishga harakat qildik va uddaladik. Buni murabbiyimiz o'yindan oldin ham aytib o'tgandi. Ikkinchi va uchinchi o'rindagi jamoalar bilan ochkolarimizni qisqaritirib oldik. Hozirda hammasi o'z qo'limizda. 

Bevosita golimga kelsak, bunday gollarni o'ylangan, deb aytmagan bo'lardim. To'p havodan keldi va men o'sha zarbani yo'lladim. Yakunda jamoamiz g'alaba qozondi. Muxlislarni yutuq bilan tabriklayman",- deydi Lutfulla To'raev. 



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia