

Braziliyalik futbolchi iyun oyida tugaydigan shartnomasini yangilamaydi va klubni erkin agent sifatida tark etadi. UOL xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchiga Angliya, Italiya va Fransiya klublaridan takliflar bor.
“San-Paulu” ham yarim himoyachining holatini kuzatib bormoqda, biroq Moura faoliyatini Yevropada davom ettirishni rejalashtirmoqda. Forvard kamida uch mavsumga shartnoma imzolashni kutmoqda, chunki u uzoq muddatli loyihalarga qiziqmoqda.
Moura 2018 yildan beri "Tottenxem"da o'ynab keladi. U bilan amaldagi shartnoma 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Joriy mavsumda Moura barcha turnirlarda 11 ta o'yinda maydonga tushdi. Transfermarkt portali futbolchini 12 million evroga baholagan.



