

Futbolchilarimizning uch oy malaka oshirish maqsadida Tumanli Albionga ketgani haqida xabar berib o'tgandik. Tez orada ikki o'yinchimiz angliyaliklar tarkibida debyut uchrashuvlarini o'tkazishadi.
2 noyabr kuni "Flitvud Taun" "Gudison Park" stadioniga yo'l oladi va "Everton" jamoasi yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu o'yinda o'zbekistonliklar futbolchilar ham maydonga tushishadi. Shunday qilib Nartajiev va Proxorov APL klublariga qarshi to'p tepgan futbolchilarga aylanishadi. Ma'lumki, "Lokomotiv" va "Flitvud Taun" o'rtasida rasmiy hamkorlik yo'lga qo'yilgan bo'lib, ikki futbolchimizning Angliyada tahsil olayotgani mana shu hamkorlikning mevalaridan biri hisoblanadi.


