

Darvozabon va himoyachi “Karlayl Yunayted” bilan kechgan bellashuvning ikkinchi bo'limida maydonga tushishdi. Bu o'yin o'rtoqlik maqomiga ega bo'lib, bunda “Flitvud Taun” futbolchilari 1:2 hisobida yutqazib qo'yishdi. Ikki nafar hamyurtimiz esa ikkinchi bo'limda maydonga tushdi.
O'yindan so'ng darvozabon Rustam Nartajiev o'z fikrlarini bildirib o'tdi: “Men yangi jamoam safida ilk bor maydonga tushganimdan xursandman. Bu men uchun birinchi uchrashuv bo'ldi va yutqazgan bo'lishimizga qaramay, o'yindan rohat oldim. O'zbekistonda futbol birmuncha sekin, ammo Angliyada ancha tez o'ynalarkan. Angliyada shug'ullanib Proxorov ikkalamiz ancha mahoratni oshirib boryapmiz. Bu kelajakda asqotadi deb umid qilaman”.





