"Lokomotiv" Turkiyada Shimoliy Makedoniya chempionati peshqadamiga qarshi o'ynaydi

Mirjalol Normatov
30 dek 2022
"Lokomotiv" matbuot xizmati Turkiyadagi yig'inlar doirasida yana bir qancha ma'lumotlarni bayon qildi.

Oldinroq ma'lum qilganimizdek, "Lokomotiv" 20 yanvardan 4 fevralga qadar Turkiyaning Antaliya shahrida o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib boradi.

Ushbu yig'in doirasida jamoamiz 6ta sinov-nazorat o'yinlarida ishtirok etishi reja qilingan. Bunga qadar jamoamiz 22 yanvar kuni "Krasnodar-2" hamda 27 yanvar kuni "Dukadjini" jamoasiga qarshi bahs olib borishini ma'lum qilgandik. Bugunga qadar yig'in doirasidagi yana 2 raqib aniq bo'ldi.

Ular - Shimoliy Makedoniya chempionati peshqadami "Struga Trim-Lum" hamda Rossiyaning "Ufa" jamoasi.

22.01.2023

"Lokomotiv" - "Krasnodar-2" (Rossiya)

25.01.2023

"Lokomotiv" - "Struga Trim-Lum" (Shimoliy Makedoniya)

27.01.2023

"Lokomotiv" - KF "Dukadjini" (Kosovo)

02.02.2023

"Lokomotiv" - "Ufa" (Rossiya)


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Локомотив" матбуот хизмати