"Lokomotiv" tajribali himoyachi bilan shartnoma tuzadi

Khoja
22 dek 2025
"Andijon" himoyachisi Oleg Zoteev faoliyatini yana Toshkentda davom ettirishga yaqin.

Tajribali futbolchi sobiq jamoasi "Lokomotiv"ga qaytishga yaqin. Tomonlar 2 yillik shartnoma imzolaydi.

36 yoshli himoyachi yakunlangan mavsumda jami 15 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 1 tadan gol va assist bor. Zoteev "Andijon"dan tashqari, "So'g'diyona", "Lokomotiv", "Qizilqum", "Bunyodkor", OKMK va Janubiy Koreya jamoasida to'p surgan.


KhojaMuallif
Manba: championat.asia