

Kechadan “temiryo'lchilar” jamoasi navbatdagi uchrashuvga hozirlikni boshlab yuborishdi. Oldinda “Lokomotiv”ni Oliy Liga 3-turi doirasidagi qoldirilgan bahs – “Metallurg”ga qarshi o'yin kutmoqda.
Kecha jamoa “Lokomotiv” stadionida mashg'ulot olib bordi. Mashg'ulot jarayoni avvalida barcha engil yugurib oldi. So'ngra chigalyozdi mashqlari bajarildi. Yakunda esa to'p bilan muomala borasida ish olib borildi.




"Lokomotiv" matbuot xizmati


