"Lokomotiv": Ikrom Aliboev "Qo'qon-1912" bilan bahsni o'tkazib yuboradi

Aslanov Jasurbek
19 may 2015, 13:53
"Lokomotiv" oliy liganing navbatdagi turini o'z maydonida "Qo'qon-1912"ga qarshi o'tkazadi.

24 may kungi o'yinda jamoamiz yarim himoyachisi Ikrom Aliboev maydonga tusha olmaydi. Chunki uning hisobidagi sariq kartochkalar soni to'rttaga etdi.

Aliboev "So'g'diyona", "Bunyodkor", "Paxtakor" hamda "Olmaliq" bilan kechgan bahslarda sariq kartochka olgan. Endi u 10-tur uchrashuvini o'tkazib yuboradi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: lokomotiv.uz