

“Temiryo'lchilar”ning ilk mavsumoldi yig'ini o'z nihoyasiga etdi.
Takidlash joiz, ilk yig'in doirasida “Lokomotiv” futbolchilari bir bora o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishdi. “Olmaliq” klubiga qarshi kechgan bellashuvda “Loko” a'zolari 3:1 hisobida g'alabaga erishishdi.
Endilikda “Lokomotiv” futbolchilariga Yangi Yil bayrami munosabati bilan qisqa tatil berildi. Jamoa 3 yanvar sanasidan yana poytaxtimizda yig'iladi va 7 yanvarga qadar Toshkentda shug'ullanadi. So'ng “Temiryo'lchilar” jamoasi ilk xorij yig'inini o'tkazish uchun BAAning Dubay shahriga yo'l oladi.


