"Lokomotiv" "Buxoro"ga qarshi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rmoqda

Narzulla Saydullayev
7 noya 2017
"Lokomotiv" navbatdagi uchrashuvini Oliy Liga 28-turi doirasida "Buxoro"ga qarshi o'tkazadi.

"Temiryo'lchilar" mazkur o'yinga jiddiy hozirlik olib borishmoqda. Tarkibda yo'qotishlar haqida gap ketganda, Ikrom Aliboevning jarohat olganini takidlash lozim. Mahoratli futbolchi oldindagi o'yinda jamoamizga yordam bera olmaydi. Shuningdek, Bobir Davlatov ham ayni damda jarohatdan tiklanish jarayonini o'tkazmoqda.

Qolganlar esa "Buxoro" bilan o'yinga to'laqonli tayyorgarlik olib borishmoqda. Quyida jamoamizning mashg'ulotidan fotolavhalarni tomosha qilishingiz mumkin:



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz