"Lokomotiv" 3 nafar futbolchi bilan kelishuvni uzaytirdi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2024
Bular – Abdulloh Yo'ldoshev, Abubakrrizo Turdialiev va Javohir Muborakov.

Bu haqda PFL matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi shartnomaga ko'ra, Turdialiev va Muborakov yana 1 yil, Yo'ldoshev esa 2 yil "temiryo'lchilar" sharafini himoya qilishi ko'zda tutilgan.

 Yarim himoyachi Turdialiev o'tgan mavsum Superligada 20 o'yinda qatnashgan bo'lsa, markaziy hujumchi Muborakov 2 uchrashuvda qatnashdi. Himoyachi Yo'ldoshev esa O'zbekiston chempionatida 25 o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz