

Manbaga ko'ra, fransiyalik futbolchini "Liverpul” o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Qizillar" Oliseni Muhammad Salohning o'rinbosari sifatida ko'rmoqda va uning transferi uchun 170 million evro to'lashga tayyor.
Maykl Olise joriy mavsumda "Bavariya" safida 51 ta o'yin o'tkazib, 22 ta gol urdi va 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Myunxen klubi 2024 yilda fransiyalik futbolchining transferi uchun "Kristal Pelas"ga 53 million evro to'lagan.



