

The Athletic nashrining xabar berishicha, mersisaydliklarda o'yinchi bilan kelishuvga erishish imkoniyati PSJga qaraganda ko'proq.
Manbaga ko'ra, "Leyptsig" 19 yoshli futbolchi sotilmasligini va klub poziciyasini o'zgartirish uchun 130 million evrodan ortiq taklif talab qilinishini bir necha bor takidlagan. O'tgan yozda "Liverpul" 522 million evro sarflaganini, shuningdek, boshqa poziciyalarni kuchaytirish zarurligini hisobga olsak, inglizlar futbolchi bilan shartnoma imzolashni istamasliklari ham mumkin.
Diomanda "RB Leyptsig" bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolagan bo'lib, unda shartnomani bekor qilish bandi yo'q. PSJ ham o'yinchiga katta qiziqish bildirmoqda. Futbolchiga yana bir da'vogar "Manchester Siti" hisoblanadi.



