"Liverpul" Kezani Chempionlar Ligasi ro'yxatiga kiritadi. UEFA qoidalarga o'zgartirish kiritgan

Administrator
25 sen 2025, 00:54
Federiko Keza "Liverpul" o'yinchisining jarohatidan so'ng Chempionlar ligasi ro'yxatiga kiritiladi.

27 yoshli italiyalik qanot hujumchisi dastlab "qizillar"ning YCHL ro'yxatiga kiritilmagan edi. Federikoning o'zi bu holat bo'yicha shunday dedi: "Achinarliysi, har bir futbolchi u yerda o'ynashni orzu qiladi. Murabbiyga "hech qanday muammo yo'q," dedim. Men professionalman va "Liverpul"da o'ynayotganimdan baxtiyorman".

Bugun ma'lum bo'lishicha, 18 yoshli himoyachi Jovanni Leonining tizza boylami uzilib ketgan va u bir necha oy maydondan chetda qoladi. Italiyalik futbolchi "Liverpul" safidagi ilk o'yinida - Angliya Liga kubogi doirasida "Sautgempton"ga qarshi o'tkazilgan uchrashuvda (2:1) jarohat olgan edi.

Fabricio Romanoning xabar berishicha, "Liverpul" Leonining jarohatidan so'ng Kezani Chempionlar ligasi ro'yxatiga kiritadi.

"Liverpool Echo" nashrining aniqlashtirishi bo'yicha, UEFA joriy turnir boshlanishidan oldin qoidalarga o'zgartirish kiritgan - endi klublarga futbolchi jiddiy jarohat olgan yoki uzoq muddatli kasal bo'lgan taqdirda (kamida 60 kun) ro'yxatda bitta o'zgarish kiritishga ruxsat beriladi. Ushbu qoida umumiy bosqichning 6-turiga qadar amal qiladi.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano