"Liverpul" himoya chizig'ida o'zgarish kutilyapti - "Kristal Pelas" himoyachisi ro'yxatdagi asosiy nomzodlardan biri

Sherzod Nurmatov
20 iyun 2025
"Liverpul" "Bayer" qiziqayotgan Jarell Kuansa o'rniga turli nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.

Variantlar orasida "Kristal Pelas" futbolchisi Mark Gexi ham bor. 24 yoshli himoyachining London klubi bilan shartnomasi 2026 yilgacha mo'ljallangan.

"Liverpul" rahbariyati Kuansa atrofidagi vaziyatdan kelib chiqib, Gexining transferi bo'yicha qaror qabul qiladi.

Kelishuvning muvaffaqiyati ko'p jihatdan "Kristal Pelas" o'z o'yinchisi uchun so'ragan miqdorga bog'liq bo'ladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Times