

21 yoshli Jonsning amaldagi shartnomasi unga 2025 yilga qadar “qizillar” libosida harakatlanish imkonini beradi. Joriy mavsumda jarohati uni 7 ta o'yin bilan cheklanishiga sabab bo'ldi. Shunday bo'lsa-da, ingliz klubi undan mamnun va yangi bitim uni rag'batlantishni xohlaydi.
Yurgen Klopp ushbu mavsum oxirida bitimi yakun topadigan va jamoadan ketishga yaqin bo'lgan Nabi Keyta va Aleks Oksleyd-Chemberlenlarning o'rniga Kertisga ishonch bildirmoqda.



