"Liverpul" Darvin Nunesga narx belgiladi

Sherzod Nurmatov
13 iyun 2025
Angliyaning "Liverpul" jamoasi urugvaylik hujumchi Darvin Nunes bilan xayrlashishga tayyor va klub forvardni qo'yib yuborishga rozi bo'ladigan taxminiy summani allaqachon ma'lum qilgan.

"TalkSPORT" xabariga ko'ra, mersisaydliklar futbolchini 70-75 million evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor. 

"Al Nassr" qishda bu summani taklif qilgandi, biroq keyinchalik urugvaylik va "Liverpul" barcha turnirlarda g'alaba qozonishni maqsad qilgani uchun bu taklifdan voz kechdi. Mavsum yakunlangach, urugvaylik futbolchiga "Atletiko" tomonidan qiziqish borligi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.

25 yoshli hujumchi o'tgan mavsum "qizillar" safida barcha turnirlarda 47 o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va shuncha golli uzatmani amalga oshirdi.

Nunes 2022 yilning yozida 85 million evro evaziga "Benfika"dan "Liverpul"ga o'tgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: TalkSPORT