"Leyptsig" Nkunkuga 70 mln evrolik tovon pulini o'z ichiga olgan shartnoma taklif qilmoqda

Alisher
10 may 2022
"Leyptsig" hujumchi Kristofer Nkunku bilan shartnomani uzaytirmoqchi.

Nemis jamoasi futbolchiga yangi kelishuv taklif qildi, unda 70-75 mln evrolik tovon puli ko'zda tutiladi.

Oldinroq, 24 yoshli francuzga "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Milan" va "Inter" klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan edi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 50ta o'yinda maydonga tushib, 34ta gol va 20ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Bild