"Milan" futbolchisi "Roma"ga o'tishi mumkin

Mirjalol Normatov
30 yanv 2026
"Milan" forvardi Kristofer Nkunku "Roma"ga o'tishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning ma'lumotiga ko'ra, agarda "Milan" Jan-Filipp Matetani xarid qilsa, Nkunku jamoani tark etishini ma'lum qilgan. Oldinroq "rossoneri" 28 yoshli futbolchini "Kristal Pelas"dan 30 million evro evaziga sotib olishi borasida kelishuvga erishgani aytilgandi.

"Roma"dan tashqari Nkunkuga A Seriyaning yana bir qancha jamoalari ham qiziqish bildirgan.

Nkunku 2025 yil yozida "Milan" a'zosiga aylangandi. Ushbu mavsumda u A Seriyaning 16 o'yinida 4 gol va 2 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com