"Bavariya" asosiy yarim himoyachisining ketishi haqida bayonot berdi

Sherzod Nurmatov
30 yanv 2026
"Bavariya" sport direktori Kristof Froynd yarim himoyachi Leon Gorecka joriy mavsum yakunlanganidan so'ng jamoani tark etishini tasdiqladi.

Avvalroq 30 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda post qoldirib, "Bavariya"ni tark etayotgani haqida ma'lum qilgan edi.

"Biz Leon bilan yozda nima bo'lishi haqida ochiqchasiga gaplashdik. Endi ayta olamizki, Leonning "Bavariya"dagi davri yozda yakunlanadi. 8 yillik muvaffaqiyatli faoliyatdan so'ng u boshqa klubga o'tadi", – dedi funkcioner matbuot anjumanida.

Gorecka myunxenliklar safiga 2018 yilda "Shalke"dan kelib qo'shilgan. Yarim himoyachi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 28 o'yinda maydonga tushib, 1 ta to'p kiritdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fcbayern.com