

“Bavariya” hujumchisi Robert Levandovskiy “Leycpig”ga qarshi (3:0) kechgan bahsda o'zining Bundesligadagi 133-golini kiritishga erishdi.
Polshalik futbolchi bu bilan brazililik hujumchi Jovane Elber ko'rsatgan natijani takrorladi va Bundesligadagi eng yaxshi to'purarlar ruyxatida u bilan 20-pog'onani bo'lishib turibdi. Ushbu musobaqada u legioner to'purarlar orasida Elber bilan ikkinchi pog'onani band etishgan. Birinchi pog'onada esa 190 ta gol kiritishga erishgan Klaudio Pissaro bormoqda.



