Levandovski yozda erkin agent sifatida MLS jamoasiga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
17 dek 2025
"Chikago Fayr" yozda Robert Levandovskini o'z safiga qo'shib olmoqchi.

"Barselona" hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini MLSda davom ettirishi mumkin.

"BBC Sport" xabariga ko'ra, "Chikago Fayr" Levandovski bilan muzokaralarni muvaffaqiyatli o'tkazgan. Hujumchi jamoasini o'zgartirishga qarshi emas, uning maoshi esa muammo tug'dirmasligi kutilmoqda.

Xabar qilinishicha, "Chikago Fayr" Levandovski bilan shartnoma imzolashni strategik muhim qadam deb hisoblaydi, chunki Chikagoda AQSHdagi eng katta polyak diasporasi istiqomat qiladi. Klub Levandovskini o'z "kashfiyotlar ro'yxati"ga kiritdi, bu transferga ustuvor huquqni beradi – MLSning boshqa jamoalari kompensaciya to'lamasdan polyak futbolchisini o'z safiga qo'shib ololmaydilar.

Qayd etilishicha, Levandovskiga "Inter Mayami" va Saudiya Arabistoni klublari ham qiziqish bildirmoqda. Robertning "Barselona" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC Sport