"Lester" "Chelsi" yarim himoyachisini safiga qo'shib oldi

Sherzod Nurmatov
8 iyul 2024
APLga qaytgan jamoa kuchayishda davom etmoqda.

"Lester" Londonning "Chelsi" klubi yarim himoyachisi Maykl Golding bilan shartnoma imzoladi, deb xabar berdi "tulkilar" matbuot xizmati.



Xabarda aytilishicha, "Lester" 18 yoshli Golding bilan 4 mavsumlik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 5,9 million evroni tashkil qilgan.

Maykl Golding 2023/24 yilgi mavsum "Chelsi" safida 26 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: lcfc.com