Leonardu Jardim Aziz G'aniev to'p tepayotgan jamoa bosh murabbiyiga aylandi

Sherzod Nurmatov
9 iyun 2022
BAAning "Shabab Al Ahli" klubi portugaliyalik mutaxassis Leonardu Jarjim bilan shartnoma tuzilganini e'lon qildi.

"Monako" bilan chempionlikki erishgan murabbiy keyingi mavsumda jamoa boshqaruviga keladi", – deyiladi Dubay klubi rasmiy xabarida.

47 yoshli murabbiy o'tgan mavsumda "Al Hilol" bilan Osiyo Chempionlar Ligasi hamda Saudiya Arabistoni Superkubogida zafar quchgandi.

Eslatib o'tamiz, "Shabab Al Ahli" klubida hamyurtimiz, yarim himoyachi Aziz G'aniev o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: shababalahli.ae