

"Haqiqatdan ham 2018 yilda "Atletiko" bilan shartnoma imzolashga yaqin edim. Ammo, bu ro'y bermadi va yakunda "Inter"ga kelganimdan xursandman. Jamoamiz ajoyib, o'sishda davom etyapmiz va bu er menga yoqadi", - dedi futbolchi.
Lautaro 2018 yilning yozida "Rasing"dan "Inter"ga 25 mln evro evaziga o'tgandi.
26 yoshli hujumchi o'shanda buyon "neradzurri" safidagi 270ta o'yinda 125ta gol va 41ta assist qayd etdi.



