

Voqea klublar o'rtasidagi jahon chempionati 1/8 finalida "Fluminense"ga qarshi bahsdagi (0:2) mag'lubiyatdan so'ng yuz berdi. Martines intervyuda shunday dedi: "Qisqa gapiraman: qolishni xohlasangiz – qoling, xohlamasangiz – keting".
"Inter" prezidenti Beppe Marotta Lautaroning, ehtimol, Chalxanog'luga murojaat qilganini aytdi.
Turk yarim himoyachisi ijtimoiy tarmoqlarda javob berdi: "Ahillikni yo'q qiluvchi so'zlar. Hurmat – bu bir yo'nalishli ko'cha emas. Men hech qachon "Inter"dan norozi ekanligimni aytmaganman". Markus Tyuram Chalxanog'luning postiga layk bosdi.
Milanliklarning bosh murabbiyi Kristian Kivu nafaqat nizoda ishtirok etganlar, balki boshqa o'yinchilardan ham tushuntirish olish uchun favqulodda yig'ilish o'tkazdi.
La Gazzetta dello Sport ma'lumotlariga ko'ra, jamoaning bir necha veteran o'yinchilari so'zga chiqib, tomonlarni yarashtirishga chaqirdi. Kivuning bu qarori jamoada ijobiy baholandi.



