"Lanati sharmandalik!" - "Real" vingeri Mastantuono hakamga aytgan so'zlari uchun 2 ta o'yinga chetlatildi

Aslanov Jasurbek
4 mar 2026
Madridning "Real" klubi vingeri Franko Mastantuono Ispaniya La Ligasi doirasidagi "Xetafe"ga qarshi kechgan bahsdagi (0:1) nomaqbul xulq-atvori sababli jiddiy jazoga tortildi.

Nima sodir bo'lgan edi?

Eslatib o'tamiz, uchrashuvning so'nggi daqiqalarida argentinalik futbolchi bosh hakam Alexandro Munisning qarorlariga keskin etiroz bildirgan. Mastantuono hakamga qarata bir necha bor:

"Bu qanday sharmandalik, qanday lanati sharmandalik!" degan so'zlarni ishlatgani uchun to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka olib, maydondan chetlatilgan edi.

Tartib-intizom qo'mitasining qarori:

Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi (RFEF) Tartib-intizom qo'mitasi vaziyatni ko'rib chiqib, argentinalik futbolchini ikkita o'yinga diskvalifikaciya qilish bo'yicha qaror chiqardi.

Bundan tashqari, "Real"ning yana ikki himoyachisi - Din Xeysen va Alvaro Karreras ham sariq kartochkalar limiti to'lgani sababli bir o'yinga chetlatildi.

Shu tariqa, ushbu uchchala futbolchi ham 6 mart kuni "Selta"ga qarshi safar o'yinini o'tkazib yuboradi. Franko Mastantuono esa 14 mart kuni "Elche" bilan bo'lib o'tadigan uy uchrashuvida ham jamoasiga yordam bera olmaydi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Diario Sport