"Lacio" prezidenti Sarri bilan uchrashadi va murabbiy bilan yangi shartnomani muhokama qiladi

Alisher
7 apr 2022
"Lacio" prezidenti Klaudio Lotito yaqin orada rimliklar bosh murabbiyi Mauricio Sarri bilan uchrashadi.

Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, prezident va murabbiy uchrashuvda jamoaning keyingi mavsumdagi rejalarini muhokama qilishadi.

Lotito shuningdek 63 yoshli mutaxassis bilan yangi shartnoma bo'yicha muzokaralar o'tkazmoqchi.

Sarri "Lacio"ni 2021 yilning iyunida qabul qilib olgan edi, murabbiy bilan amaldagi shartnoma 2023 yilning iyun oyi so'nggiga qadar mo'ljallangan. Jamoa ayni damda Seriyada 31 o'yinda 52 ochko jamg'argan holda, oltinchi o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira