"La Ligada kombinacion futbol o'ynaladi". De Bur van de Bekka La Ligaga yo'l olishni maslahat berdi

Alisher
8 yanv 2021
Niderlandiya terma jamoasi sobiq o'yinchisi Roland de Bur "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Donni van de Bek o'z kuchini La Ligada sinab ko'rishi kerak deb o'ylaydi.

"Tez orada Yevropa chempionati boshlanadi. Shubhasiz Donni u erda o'ynashni xohlaydi. Agar uning MYUdagi vaziyati o'zgarmasa, uni ijaraga berish yoki sotish kerak.

O'ylaymanki, uning uslubi Angliya futboliga emas, Ispaniya futboliga tortadi.

Premer-ligada ko'p yugurishadi, Ispaniyada esa ko'proq kombinacion futbolga e'tibor qaratiladi. Donni yaxshi formada. Ammo, "Ayaks" uslubi unga mos tushardi", - deydi niderlandiyalik.


AlisherMuallif
Manba: AD