

"Real" dastlab "Benfika"ga tushdi, xatolik sababli o'tkazilgan takroriy qur'adan so'ng esa madridliklarning raqibi PSJ bo'ldi.
"Bu dahshatli edi, bu xato texnik tarafdanmi yoki inson faktorimi, bilmadim. Balki "Real" haq edi, balki qur'ani butunlay boshqatdan o'tkazish kerak emas edi. Ammo, bu shaxsiy fikr.
Biz qiziqarli o'yinlarni yoqtirmaymiz? Bu "Benfika" bilan o'yinlardan ko'ra qiziqroq.
Agar barchasi shunday davom etsa, "Real" - Chempionlar Ligasi finaliga chiqish uchun favoritlardan biri. Jamoa aqlbovar qilmas darajada o'ynamoqda, mavsum davomidan ko'ra yaxshiroq.
Shu bilan birga La Ligadagi kurash tugagani yo'q, garchi "Real" ajoyib damlarni o'tkazayotgan bo'lsa ham", - deydi Tebas.



