

"Lion" o'zining rasmiy sayti orqali transfer haqida ma'lum qildi.
24 yoshli futbolchi 36 mln evro evaziga "Vilyarreal"ga o'tmoqda. Bu summaning 31 millionini "Lion" olishi kafolatlangan, qolgan 5 millionini esa bonus sifatida oladi. Shartnomaga ko'ra, Fransiya klubi Mikautadzening kelajakdagi qayta sotilishining 10 foizini o'zida saqlab qoladi.

"Vilyarreal" La Liganing 3-turidan so'ng 7 ochko jamg'argan "Barselona" bilan turnir jadvalida 3-o'rinni bo'lishib turibdi. Bundan tashqari, "sariq suvosti kemasi" 2025/26 yilgi Chempionlar Ligasining umumiy bosqichida ishtirok etadi.



