La Liga. "Atletiko" mehmonda "Valensiya"ni ishonchli hisobda mag'lub etdi, gollarga 18 va 20 yoshli futbolchilar mualliflik qilishdi.

3 may 2026, 02:30
La Liga 34-doirasidagi "Valensiya" - "Atletiko" o'yini bo'lib o'tdi.

O'yinda madridliklar 2:0 hisobida ishonchli hisobdagi g'alabaga erishishdi. Gollarga Iker Luke (74-daqiqa) va Migel Kubo (82) mualliflik qilishdi.

“Atletiko” La Ligada 34 o'yindan so'ng 63 ochko jamg'argan holda jadvalda to'rtinchi o'rinni mustahkam egallagan, “Valensiya” esa 39 ochko bilan o'n uchinchi o'rinni egalab turibdi.


Manba: championat.asia