

Belgiyalik futbolchi La Liganing 20-turidan o'rin olgan "Malorka"ga (0:1) qarshi o'yin oldidan chigilyozdi mashg'ulotlar paytida mushagidan jarohat oldi.
"Real" hali futbolchining tekshiruv natijalarini e'lon qiladi, ammo OAVning takidlashicha, Kurtua agar jamoa bilan KJCH uchun Marokashga uchib ketsa, bu faqat muxlis sifatida bo'ladi.
Madridning "Real" klubi 8 fevral kuni klublar o'rtasidagi JCH yarim finalida Misrning "Al Ahli" klubiga qarshi maydonga tushadi. Ikkinchi yarim final juftligini "Flamengo" (Braziliya) va "Al Hilol" (Saudiya Arabistoni) tashkil qiladi.



