Kristina Sereda U-16 Osiyo chempionatining 3-o'rin uchun o'yinida ishlaydi

Narzulla Saydullayev
27 sen 2019
Oldinroq xabar berganimizdek, hamyurtimiz Kristina Sereda Tailandda o'tkazilayotgan qizlar o'rtasidagi U-16 Osiyo chempionati uchrashuvlarida bosh hakam yordamchisi sifatida ishlash uchun taklif etilgan.

Kristina Sereda hozirga qadar mazkur musobaqa doirasida Bangladesh – Yaponiya hamda KXDR – Janubiy Koreya o'yinlarida ishlashga ulgurdi.

28 sentyabr kuni U-16 Osiyo chempionatida 3-o'rin uchun o'yin o'tkaziladi. Unda Xitoy va Avstraliya terma jamoalari g'oliblik uchun bahs olib borishadi. Ushbu uchrashuvda hamyurtimiz Kristina Sereda bosh hakam yordamchisi sifatida faoliyat olib boradi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz