Kristensen: "Umid qilamanki, "Barselona"da qolaman. Menda B reja yo'q"

Sherzod Nurmatov
13 noya 2025
"Barselona" himoyachisi Andreas Kristensen Kataloniya jamoasidagi kelajagi haqida gapirdi.

Daniyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, u hozirgi klubida qolishdan umidvor. Kristensenning "Barselona" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida tugaydi.

"Umid qilamanki, "Barselona"da qolaman. Menda B reja yo'q. Rostini aytsam, hali aniq bilmayman. Men e'tiborimni o'ynashga va jamoaga yordam berishga qaratganman. Agentlarim vaqti kelganda hammasini hal qiladi", – dedi himoyachi.

29 yoshli Kristensen joriy mavsum barcha musobaqalarda 10 o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano