"Krishtianu avvalgidek emas". Ispaniya darvozaboni Simon - JCH 1/8 finali oldidan Ronaldu haqida gapirdi

5 iyul 2026, 11:15
Ispaniya terma jamoasi posboni Unay Simon JCH-2026 1/8 finali doirasida Portugaliyaga qarshi bo'lib o'tadigan bahs oldidan hujumchi Krishtianu Ronaldu haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Krishtianu bundan olti yoki etti yil oldin "Real"da o'ynagan davridagidek futbolchi emas, lekin biz uni jarima maydonchamizdan iloji boricha uzoqroq tutishga harakat qilishimiz kerak. Millatlar ligasi finalida u jarima maydonchasi ichidagi rikoshetdan so'ng gol urgandi. Unda hammamiz o'z jamoamizda ko'rishni istaydigan gol urishga bo'lgan havas qilarli darajadagi chanqoqlik bor. Biz to'pni nazorat qilishimiz va uning jarima maydonchamizga yaqinlashishiga yo'l qo'ymasligimiz lozim", - deya Simonning so'zlarini keltiradi AS nashri.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS