"Krasnodar" xo'jayini: "Rossiya 2" o'yinimizni tekinga ko'rsatmoqchi edi"

Aziz Tukhtamuradov
24 iyul 2014, 15:45
"Krasnodar" jamoasi ho'jayini Sergey Galickiy "Rossiya 2" kanali jamoaning Yevropa Ligasidagi o'yinini ko'rsatmasligini aytib o'tdi.

"VGTRK nima uchun kelisha olmaganimizni judayam yaxshi biladi. Ular o'yinni tekinga ko'rsatishni istashdi. Avvaliga biz o'yinni saytimiz orqali pulli ko'rsatishni istagan edik. Lekin, reklama beruvchilar bilan kelishganimiz sababli o'yinimizni bepul namoyish etadigan bo'ldik.

Agar kelasi bosqichga chiqsak, o'zimiz reklamachilarni topamiz. Agar topa olmasak - translyatsiyani pullik qilamiz. Biz o'yinimizni tekinga ko'rsatishga tayyor emasmiz. Jamoa sifatida o'zimiz pul ishlab topishimiz zarur", - deydi Galickiy.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru