Krasich: "Akinfeev faoliyatini Buffondan ham uzoqroq vaqt davom ettira oladi"

Omonjon To`xtamirzayev
20 noya 2023
SSKA sobiq yarim himoyachisi Milosh Krasich "armiyachilar" kiperi Igor Akinfeev haqida gapirdi.

Serbiyalik futbolchi darvozabon bilan 2004 - 2010 yillarda birga to'p tepgan.

"Akinfeev - o'sha jamoada o'ynagan va hali ham faoliyatini yakunlamagan yagona professional futbolchi. U yana qancha to'p tepa oladi? Oy, juda uzoq! O'ylashimcha, u Buffondan ham uzoqroq professional darajada o'ynay oladi".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sport24.ru